Yoqutistonda qirg‘izistonlik muhojirlar bilan mojaro yuzaga keldi, rasmiy Bishkek Rossiyadan o‘z fuqarolarini himoya qilishni so‘radi

Qirg‘iziston parlamenti raisi Dastanbek Jumabekov Rossiya elchisi Nikolay Udovichenko bilan Yoqutiston fuqarosi bo‘lgan qiz qirg‘izistonlik muhojir tomonidan zo‘rlanishi voqeasi ortidan yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda parlament matbuot xizmati tomonidan xabar berilgan.
Qirg‘iziston tomoni ro‘y bergan hodisadan afsusdaligini ma'lum qilgan. Ushbu hodisadan keyin hududda qirg‘izistonlik mehnat muhojirlariga nisbatan nafrat olovlangani tufayli Jumabekov Udovichenkodan o‘z vatandoshlari xavfsizligi ta'minlanishini so‘ragan.
Bundan tashqari, Yoqutistonga Qirg‘izistondan vaziyatni hal qilish uchun ishchi guruh yo‘llangan.
«Jinoyat milliy xarakterga ega emas. Shu tufayli ayni vaqtda Yoqutistonda bo‘lib turgan, hodisaga aloqador bo‘lmagan ko‘p sonli Qirg‘iziston fuqarolari xavfsizligini ta'minlash choralarini kuchaytirishingizni so‘raymiz», deyiladi Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan 23 yoshli shaxs tomonidan yoqutistonlik qiz zo‘rlangani ma'lum bo‘lgach, 17 mart kuni Yoqutistonda tinch miting bo‘lib o‘tgandi. Ayrim xabarlarga ko‘ra esa, zo‘ravonlikda bir necha qirg‘izistonlik ishtirok etgan.
18 mart kuni esa respublika rahbari Aysen Nikolayev va mahalliy aholi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan, minglab kishilar ishtirok etgan uchrashuvda rahbariyat barcha turdagi jinoyatchilikni nazoratga olishni va'da qilgandi. Shuningdek, noqonuniy migrantlar qaytarib yuborilishi ma'lum qilingan.
Yoqutistondagi qirg‘iz diasporasi yetakchisi Jazbek Bekoliyev bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Saxa Respublikasida 10 ming nafardan ortiq qirg‘iz ishlaydi.
Keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistondan bo‘lgan migrantlar jiddiy muammolarga duch kelayotgani, ular mahalliy aholi vakillari tomonidan ta'qib qilinayotgani ma'lum bo‘lgandi. Internetda tarqalgan videolarda bir guruh kishilar qirg‘izistonliklar ishlaydigan kafelar va do‘konlarni aylanib, ularga bosim o‘tkazgani va tahdid qilishganini ko‘rish mumkin.
Ulardan birida sabzavot sotuvchi qirg‘izistonlikka mahalliy aholi vakili shunday deydi: «Men qog‘ozga yozib osib qo‘yaman — «Bu yerga kirmanglar, bu yerda qirg‘iz ishlaydi»… Tangalaringni yig‘ishtir, Qirg‘izistonga ket, tushunyapsanmi, o‘sha yerda yasha».
Shu kunlarda qirg‘izistonlik migrantlar ishga chiqishni to‘xtatishgan, ayrimlar vataniga qaytib ketishga shoshilmoqda.
Saxa Respublikasida mitinglar bo‘lib o‘tayotgani haqida ma'lumot tarqalgach, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida ham favqulodda ishchi guruhi tuzildi.
Bugungi kunda Saxa Respublikasida O‘zbekistonning 11 250 nafar fuqarosi mehnat faoliyatini olib bormoqda. Vazirlik xodimlari Yoqutistondagi o‘zbek diasporasining vakili Toshpo‘lat Yodgorov bilan bog‘lanishdi. Taqdim etilgan ma'lumotga qaraganda, bugungi kunda vaziyat o‘ta keskin emas, o‘zbekistonliklar hayoti va sog‘lig‘iga hech qanday xavf yo‘q. Shunga qaramay, diaspora vakili ehtiyotkorlikni yo‘qotmasligi kerakligi tavsiya qilingan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
-
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi
Jahon | 23:14 / 14.06.2025
-
Isroil Eronning energiya infratuzilmasiga zarba berdi
Jahon | 22:25 / 14.06.2025
-
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi
Jahon | 21:33 / 14.06.2025
Mavzuga oid

17:19 / 11.06.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahkumlarni almashadi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

21:12 / 07.06.2025
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayev Xalqaro sudda javob berishga tayyorligini bildirdi

17:34 / 07.06.2025