Jahon | 11:41 / 25.03.2019
27994
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Putinni Ikkinchi jahon urushiga bag‘ishlangan tadbirlarga nega taklif qilmagani aytildi

Foto: Adam Berry / Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushining boshlanishi munosabati bilan Polshada tashkillashtirilayotgan xotirlash tadbirlariga, ular tarixiy emas, balki zamonaviy shaklda o‘tkazilishi tufayli taklif etilmagan. Bu haqda Polsha prezidenti kanselyariyasi o‘rinbosari Pavel Mucha ma'lum qildi, uning so‘zlari Radia ZET’ga tayangan holda Wiadomosci nashri tomonidan keltirilgan.

«Ushbu shakl «Sharqiy hamkorlik» mamlakatlarini o‘z ichiga oladi. Afsuski, Rossiya «Sharqiy hamkorlik»ning bir bo‘lagi emas. Nima bo‘lgan taqdirda ham, u bunga qiziqmagan», - dedi amaldor.

Uning qayd etishicha, Putin Polshada nomaqbul shaxs deb ko‘rilmaydi. Taklifnoma, Muchaning so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyaga ham yuborilmagan.

Bundan oldin, Putin xorij maxsus xizmatlarining Rossiya bilan bog‘liq rejalarini oshkor qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid