Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika prezidenti 500 yil avvalgi voqealar uchun Rim papasidan kechirim so‘rashni talab qildi
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obrador Rim papasi Fransisk va Ispaniya qiroli Felipe VI ga besh asr ilgari ispanlar Meksikani bosib olish chog‘ida qilgan jinoyatlari uchun kechirim so‘rashlari talab qilingan maktub yubordi. Bu haqda Guardian xabar qildi.
Videolavhada Meksika prezidenti mayya tamaddunining qadimiy shahri bo‘lgan Komalkalko xarobalari fonida ispanlardan kechirim so‘rashni talab qilgani aks etgan.
2015 yilda Boliviyada Rim papasi Fransisk Shimoliy va Janubiy Amerika bosib olinishi chog‘ida katolik cherkovi tomonidan amalga oshirilgan jinoyatlar uchun kechirim so‘ragandi.
Ispaniya hukumati Meksika yetakchisining talabidan "chuqur taassufda" ekanligini va 500 yil ilgarigi voqealarni zamonaviy siyosiy va huquqiy jihatdan baholashning imkoni yo‘qligini bildirdi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026