Jamiyat | 20:28 / 27.03.2019
14045
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimi Germaniyadan turib maktablarga kitoblar sovg‘a qildi va o‘quvchilar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ayni paytda Germaniyada rasmiy safarda bo‘lib turibdi.

Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, viloyat rahbari boshchiligidagi guruh tashrif davomida bir qator ishlab chiqarish korxonalari bilan investitsiyaviy shartnomalar imzolashi ko‘zda tutilgan.

27 mart kuni Shuhratbek Abdurahmonov Paxtaobod tumanidagi 4-umumiy ta'lim maktabi bilan onlayn tarzda aloqaga chiqib, hududdagi ta'lim muassasalarining faol o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida o‘quvchilar hamda jurnalistlar mutasaddiga tashrifdan ko‘zlangan maqsad hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z savollarini berdilar.

Viloyat hokimi Germaniya safari bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni berib, o‘quvchilar bilan Yevropa davlatidagi o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi.

Muloqot davomida tumandagi to‘rtta maktabga viloyat hokimining 50 donadan o‘zbek va chet el adiblari qalamiga mansub kitoblari sovg‘a qilindi.

 

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid