Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh KXDRning Ispaniyadagi elchixonasiga qilingan hujumga aloqadorligini inkor etdi
AQSh KXDRning Ispaniyadagi elchixonasiga qilingan hujumga aloqador emas, dedi AQSh davlat departamenti vakili Robert Palladino.
"Qo‘shma Shtatlarning bunga hech qanday aloqasi yo‘q", - dedi u jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh har doim butun dunyodagi elchixona va diplomatik missiyalarni himoya qilishga chaqirib keladi.
22 fevral kuni o‘n kishidan iborat guruh KXDRning Madriddagi elchixonasiga hujum qilgan, hujumdan so‘ng guruh rahbari AQShga jo‘nab ketgan va FQB bilan bog‘lanib hujum haqida axborot bergan, deyiladi Ispaniya milliy sudi xabarida.
Hujumda xususan, AQShda yashovchi Meksika fuqarosi Adrian Xon Chan, AQSh fuqarosi Sem Lyu va Koreya Respublikasi fuqarosi U Nan Li ishtirok etgan.
Besh kundan so‘ng Adrian Xon Chan Nyu-Yorkda FQB bilan aloqaga chiqib, hujum haqida batafsil axborot bergan va elchixonada olingan audiovizual materiallarni taqdim etgan, deyiladi sud xabarida.
Avvalroq El Confidencial gazetasi hujum ortida AQSh maxsus xizmatlari yoki KXDR xavfsizlik xizmati turganligini taxmin qilgandi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026