Jahon | 15:14 / 10.03.2019
9143
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: AQSh maxsus xizmatlari KXDRning Madriddagi elchixonasiga hujumga aloqador bo‘lishi mumkin

Foto: REUTERS

AQSh maxsus xizmatlari 22 fevral kuni KXDRning Madriddagi elchixonasiga hujumga aloqador bo‘lishi mumkin. Hujum natijasida diplomatik vakolatxona binosidan bir nechta kompyuter o‘g‘irlab ketilgan. El Confidencial gazetasining bildirishicha, bu Ispaniya politsiyasi va Milliy razvedka markazining hujum borasidagi taxminlaridan biri hisoblanadi.

Avvalroq nashr bir guruh shaxslar KXDRning Madriddagi elchixonasiga hujum qilganini va kompyuterlarni o‘g‘irlab ketganini xabar qilgandi. Hujumda 10ga yaqin kishi ishtirok etgan. Ular diplomatik vakolatxona xodimlarini garovga olishgan va bir necha soat ushlab turishgan. Politsiya voqea haqida u yerdan qochishga muvaffaq bo‘lgan ayollardan biridan bilgan.

El Confidencial gazetasining yozishicha, hozircha voqea borasidagi hech bir taxmin rad etilmayapti. Gazeta manbalarining aytishlaricha, hujumni AQSh maxsus xizmatlari rejalashtirgani haqidagi taxmin kuchaymoqda.  

Nashrning qayd etishicha, yana bir taxminga ko‘ra, hujum ortida KXDR xavfsizlik xizmati turibdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid