Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukusdagi xonadonda 20 ming shishaga yaqin alkogol mahsulotlari borligi aniqlandi
Departamentning Nukus shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib borayotgan 2 ta “DAMAS” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi, deb yozadi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.
Tekshiruvda fuqaro Q.Q hech qanday hujjatlarsiz 2844 shisha “Qaratau” nomli aroq mahsulotlarini sotish maqsadida olib ketayotgani aniqlangan.
Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, sotish maqsadida saqlab qo‘yilgan umumiy qiymati 233,9 mln so‘mlik jami 19687 shisha alkogol mahsulotlari mavjudligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan Q.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
20:22 / 07.12.2025
Nukus va Samarqand YuNESKOning Global ta’lim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi
22:13 / 26.11.2025