Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ta'lim va mutaxassislik” XX xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilyapti
“Ta'lim va mutaxassislik” XX xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma 27 mart kuni Andijon shahrida, 28-29-30 mart kunlari poytaxtdagi “Yoshlar ijod saroyi”da, 1 aprel kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston hamda xorijdagi oliy ta'lim muassasalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ko‘rgazma doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etiladi. Unda nufuzli tashkilotlar, yirik tadbirkorlik sub'yektlari, Koreya Respublikasining xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ishtirok etadi.

Eng nufuzli oliy ta'lim muassasalari aynan shu ko‘rgazmadan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
12:36
Maktab va kollejlarda “Mohirlik va biznes soati” joriy etiladi
10:49 / 09.02.2026
“3+1” va “2+2”: Saffolk universiteti bilan qo‘shma ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
22:37 / 07.02.2026
Yangi avlodning aqliy salohiyati ota-onalarinikidan past – neyrobiolog
13:53 / 07.02.2026