Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Saudiya Arabistoniga qurol yetkazib berish bo‘yicha taqiqni uzaytirdi
Foto: George Frey/Reuters
Germaniya hukumati 30 sentyabrgacha Saudiya Arabistoniga qurol-yarog‘lar eksporti bo‘yicha embargoni uzaytirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Avvalroq, Germaniya vazirlar mahkamasi mart oyi oxirigacha Saudiya Arabistoniga qurollar yetkazib berish bo‘yicha embargoni uzaytirgandi.
Germaniya Tashqi ishlar vaziri Xayko Maasning ma'lum qilishicha, bunday qarorga, shu jumladan, Yamandagi vaziyat rivoji tufayli kelingan.
Bundan oldin, Saudiya Arabistoni podshohi valiahd shahzodani bir qator vakolatlardan mahrum qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:26
Germaniya Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqini isloh qilish rejasini taklif etdi
13:58 / 06.05.2026
Eron urushi: BAA va Saudiya o‘rtasidagi yashirin ziddiyatlar yuzaga chiqdi
07:38 / 06.05.2026
O‘zbekistonliklar Germaniyaga 3 ming yevrolik ishlarga taklif qilindi
23:38 / 22.04.2026