Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud valiahd şahzoda Muhammad bin Salmonni ba'zi bir vakolatlardan mahrum qilgan bölişi mumkin, deya xabar beradi The Guardian.
Valiahd şahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud oxirgi ikki hafta davomida, iqtisodiyot va moliya sohasidagi ba'zi bir vakolatlaridan mahrum qilinganidan söng, podşohlikdagi vazirlar va diplomatik darajadagi qator muhim yiğilişlarda iştirok etmadi.
Naşr ma'lumotiga köra, valiahd şahzoda vakolatlarini vaqtinçalik bölsa ham çeklab qöyiş töğrisidagi qaror uning otasi, podşoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud tomonidan ötgan hafta yuqori darajali vazirlarga e'lon qilingan.
Manbaning ta'kidlaşiça, podşohning işonçli maslahatçilaridan biri, yaqinda milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi etib tayinlangan Musayd Al Aybon endi podşoh nomidan investitsiya qarorlarini norasmiy ravişda nazorat qiladi.
The Guardian ma'lumotiga köra, valiahd şahzoda podşoh boşçiligidagi vazirlar mahkamasining sönggi ikki haftalik yiğilişida qatnaşmagan, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari, Livan boş vaziri va Hindiston hamda Xitoy elçilari bilan uçraşuvlarda iştirok etmagan. Podşohlik hukumatining Vaşingtondagi rasmiy vakili bu ma'lumotni izohlaşdan boş tortgan, şuningdek, Saudiya valiahd şahzodasi qayerda ekani böyiça ma'lumot bermagan.
Muhammad bin Salmon avval ham uçraşuvlarni ötkazib yuborganiga qaramay, podşohlik saroyi işi bilan taniş bölgan manbaning naşrga ma'lum qilişiça, valiahd şahzodaning sönggi ikki hafta içida köriniş bermagani katta syurprizga aylangan. Taxminlarga köra, podşoh seşanba kuni vazirlar mahkamasi yiğilişida öğli iştirok etmaganidan juda darğazab bölgan, unda podşohlik oldida turgan köplab muammolar muhokama qilingan. Podşoh ikki soatlik murojaatida, gazetaning ta'kidlaşiça, Saudiya Arabistoni iqtisodiyotiga yöqotilgan investitsiyalar böyiça taşviş bildirgan.
Gazetaning qayd etişiça, podşoh va valiahd şahzoda örtasidagi munosabatlar saudiyalik jurnalist Jamol Qoşiqçi 2018 yilda öldirilganidan söng diqqat markazida bölib turibdi. Muhammad bin Salmonning bunga aloqasi borligi töğrisida taxminlar paydo bölgan, biroq Saudiya hukumati bu ma'lumotlarni rad etgandi.
Ar-Riyod siyosatini tanqid qilgan Qoşiqçi 2018 yil 2 oktyabrda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi boş konsulligiga taşrif buyurganidan keyin ğoyib böldi. Saudiya hukumati 20 oktabr kuni jurnalist diplomatik missiya binosida «mojaro oqibatida» öldirilganini xabar qildi. Jurnalistning jasadi hali ham topilmagan.









