Jamiyat | 07:00 / 29.03.2019
5911
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Moody's» xalqaro reyting agentligi Ipoteka-bank reytingini oshirdi

«Moody's» xalqaro reyting agentligi «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining milliy valutadagi depozit reytingini «B2» dan «B1» darajagacha oshirdi, xorijiy valutadagi depozit reytingini «B2» darajada tasdiqladi. Bankning barcha reytinglari «barqaror» istiqbolga ega.

«Moody's» reyting agentligi tahlilchilarining fikriga ko‘ra, «Ipoteka-bank» ATIB ning reytinglari bankning korporativ va chakana moliya bozoridagi sezilarli ulushini, jumladan aholi uchun omonatlar va ipoteka kreditlari bo‘yicha etakchi o‘rni orqali bank tizimida muhim ahamiyatga egaligini aks ettiradi.

«Moody's» reyting agentligi ijobiy omillar sifatida bankning barqaror daromadlilik ko‘rsatkichlariga va yetarli darajadagi likvid aktivlarga egaligini tasdiqladi. Bank mijozlarining depozitlari va davlat mablag‘lari moliyalashtirishning barqaror manbai sifatida ko‘rilmoqda.

«Ipoteka-bank» ATIB O‘zbekistonning to‘rtta yirik banklari qatoriga kirib, respublikaning barcha hududlarini qamrab olgan filiallar va bo‘linmalari tarmog‘i orqali keng turdagi bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid