O‘zbekiston | 08:31 / 29.03.2019
39087
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kutilyapti?

Foto: KUN.UZ

Respublika Gidrometeorologiya markazi 30 mart - 2 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm. Havo o‘zgarib turadi, 30 mart-1 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 30 mart-1 aprelda 3-8 daraja iliq, 2 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 30 martda 15-20 daraja iliq, 31 martda 8-13 daraja iliq, 1-2 aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 30 martda 15-20 daraja iliq, 31 martda 18-23 daraja iliq, 1 aprelda 15-20 daraja iliq, 2 aprelda 18-23 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq, kechasi 31 mart-2 aprelda 7-12 daraja iliq, kunduzi 31 martda 18-23 daraja issiq, 1 aprelda 15-20 daraja iliq, 2 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 30 martda 15-20 daraja iliq, 31 martda 20-25 daraja issiq, 1 aprelda 18-23 daraja issiq, 2 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 30 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, kechasi 31 mart-2 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 mart-1 aprelda 15-20 daraja iliq, 2 aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 30 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, 31 mart-2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid