15:16 / 29.03.2019
8708

O‘zbekistondagi mehmonxonalar soni 966taga yetdi, yana 138tasi qurilish jarayonida

Bugunga kelib O‘zbekistondagi xorijiy va mahalliy sayyohlarga mo‘ljallangan joylashuv vositalari 966taga yetdi, yana 138tasida qurilish ishlari davom etmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar oqimining keskin ortib borishi hududlarda tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan yangi turizm obektlarini tashkil etishga turtki berib, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida hududlarda jami 2038 o‘rinli 40 joylashuv vositasi (mehmonxona) qurilib, foydalanishga topshirildi.

Toshkent shahrida 451 o‘rinli - 10ta, Buxoro viloyatida 160 o‘rinli - 6ta, Samarqand viloyatida 108 o‘rinli - 4ta, Xorazm viloyatida 430 o‘rinli - 9ta mehmonxona foydalanishga topshirildi. Buning natijasida bugungi kunda respublika bo‘ylab joylashtirish vositalari (mehmonxona) soni 966tani tashkil etib, ulardagi o‘rinlar soni 43 423taga yetdi.

Hududlardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda 14 634 o‘rinli 138ta joylashtirish vositasi shu jumladan, 13 196 ta o‘rinli 3 va 4 yulduzli 93ta joylashuv vositasini qurish ishlari davom etmoqda.

Top