Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda yo‘lovchini tunagan haydovchi va uning sherigi qo‘lga olindi
2019 yil 23 mart kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida yashovchi S.K.(ayol) Toshkent shahrining Chilonzor tumani 23-daha hududidan fuqaro S.G‘. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular Chilonzor tumanidagi Muqimiy ko‘chasida joylashgan avtobuslar bekati oldiga yetib kelganlarida haydovchi S.G‘. va avtomashinada bo‘lgan yana bir yo‘lovchisi E.A. bilan birga S.K.ni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, qo‘lidan ichida 600 ming so‘m puli hamda fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ta'kidlanishicha, ko‘rilgan choralar natijasida S.G‘. va E.A.lar ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026
UXX ikki yuqori lavozimli harbiyni “jinoyat ustida” ushladi
20:43 / 03.02.2026