Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida davlat xizmatlari körsatişning milliy tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Eksternat töğrisidagi nizom tasdiqlanişi mumkin.

Nizomga köra, eksternlarni attestatsiyadan ötkaziş bepul amalga oşiriladi.

Eksternlar röyxatini şakllantiriş

Attestatsiya tegişli davlat ta'lim standartlari doirasida amalga oşiriladi.

Attestatsiyada umumiy örta ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil özlaştirgan va tegişli yilda 16 yoşga töladigan hamda undan katta yoşdagi fuqarolar, umumiy örta ta'lim dasturlarini davlat ta'lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil özlaştirgan va tegişli yilda 18 yoşga töladigan hamda undan katta yoşdagi fuqarolar qatnaşişi mumkin.

Umumiy örta ma'lumot töğrisida şahodatnomaga ega fuqarolar 11-sinf doirasida attestatsiyadan ötkaziladi.

Ekstern bir vaqtning özida 9-sinf va 11-sinf doirasida attestatsiyadan ötkazilmaydi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari va Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi boşliğining buyruği bilan har yili 1 martga qadar attestatsiya ötkaziş uçun tegişli hudud markazida joylaşgan bitta umumiy örta ta'lim muassasasi belgilanadi.

Fuqarolar özlari doimiy propiskasi yoki turgan joyi böyiça hisobga olingan manzillari böyiça maktabga murojaat etadi.

Eksternlar tegişli yilning 1 martidan 1 mayiga qadar (şu kuni ham) maktab rasmiy veb-saytidan röyxatdan ötadi.

Yakuniy davlat attestatsiya boşlanişidan 10 kun avval eksternlar qöyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

maktab direktori nomiga ariza;

baholar (özlaştiriş) tabeli, agar mavjud bölsa;

eksternning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;

pasport nusxasi, ekstern pasport olmagan bölsa, uning tuğilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi (asli körsatilgan holda).