O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo kutilyapti?
Respublika Gidrometeorologiya markazi 31 mart - 3 aprel kunlari bo‘yicha ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1 va 3 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 mart-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 mart-1 aprelda 3-8 daraja iliq, 2-3 aprelda 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 8-13 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 15-20 daraja iliq, 3 aprelda 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 31 mart-2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 18-23 daraja issiq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2 aprelda 20-25 daraja issiq, 3 aprelda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 31 mart va 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja issiq, 1 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, 2 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq, 3 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, 31 mart-2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mum-kin. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 31 martda 20-25 daraja issiq, 1 aprelda 18-23 daraja issiq, 2 aprelda 22-27 daraja issiq, 3 aprelda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3 aprelda ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 31 martda 15-20 daraja iliq, 1 aprelda 13-18 daraja iliq, 2-3 aprelda 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 31 martda va 2 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1 va 3 aprelda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. 31 mart-1 aprelda qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-3 aprelda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 mart-1 aprelda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 2-3 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:27
14 noyabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024