Jahon | 08:44 / 31.03.2019
12111
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiyalik xakerlar dunyoning eng boy odami telefonini buzib kirishda ayblandilar

Foto: Global Look Press /Chris Kleponis

Saudiya Arabistoni hukumatiga ishlovchi xakerlar dunyoning eng boy odami, Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezosning telefonini buzib kirganlar. Bu haqda Bezos tomonidan uning nomaqbul suratlari e'lon qilinishi bilan bog‘liq voqeaning tergoviga jalb qilingan Gevin de Beker ma'lum qildi, deb keltirib o‘tilgan Daily Beast portalida.   

Bekerning ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni hukumati Bezosga tegishli The Washington Post nashri jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishini faol yorita boshlagandan keyin Bezosga putur yetkazmoqchi bo‘lgan. 

“Tergovchilarimiz va bir necha mutaxassisslar katta ehtimol bilan Saudiya Arabistoni Bezosning telefoniga kira olgani va undan shaxsiy ma'lumotlar olgani haqidagi fikrga keldilar”, deb ta'kidlab o‘tgan. Beker.   

Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda Bezosning ayol jurnalist Loren Sanches bilan suratlarini e'lon qilgan National Enquirer nashriga egalik qiluvchi American Media Bezosning telefoniga buzib kirilganidan xabari bor-yo‘qligi ayon emas.

Bezosning shaxsiy suratlari rafiqasi Makkenzi bilan ajrashishini e'lon qilgandan keyin tarqatilgan. Bezos bu ishni taftish qilishga kirishgan, bu esa American Media rahbarining noroziligini keltirib chiqargan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, National Enquirer Bezosning ma'shuqasi Loren Sanches bilan yozishmalarini Sanchesning ukasidan 200 ming dollarga sotib olgan. 

Mavzuga oid