Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Turistik resurslar onlayn bazasi ishga tushirilmoqda
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sohada endigina faoliyatini boshlagan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistondagi turistik resurslarning onlayn bazasini o‘zida jamlagan www.shop.silkroad.uz saytini ishga tushirmoqda. Qo‘mita matbuot xizmati shu haqidagi xabari bilan bo‘lishdi.
Turistik resurslar onlayn bazasida tadbirkorlik sub'yektlari o‘zlarining mehmonxona, sayohat, transport xizmatlari, ovqatlanish xizmatlari, madaniy meros obektlari, hunarmandchilik namunalari va suvenir buyumlar, gid-ekskursovodlar, sog‘lomlashtiruvchi turlar, turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub'yektlarga xizmat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan maishiy va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq e'lonlarini joylashtirishlari mumkin.
Shuningdek, turizm sohasiga doir mahorat darslari hamda hududlardagi turistik tadbirlar haqidagi ma'lumotlar ham joylashtiriladi.
Bundan tashqari, savdo maydonchasi orqali soha mutaxassislari o‘zlari uchun kerakli ma'lumotlarga ega bo‘lishi mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, www.shop.silkroad.uz saytida turizm sohasi bilan bog‘liq barcha e'lonlarni joylashtirish mutlaqo bepul.
Mavzuga oid
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026