Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izboskanda tumanning 4ta sektor rahbari fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi
Andijon viloyati, Izboskan tumanida 4ta sektor rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabul davomida jami 226ta murojaat o‘rganildi.
Shuni alohida aytib o‘tish lozim, murojaatlarning katta qismi uy-joy ta'mirlash, ishga joylashtirish yuzasidan bo‘ldi. 31 nafar fuqaro nogironlik aravachasi, 48 nafari esa davolanish uchun viloyat tibbiyot muassasalariga yo‘llanma so‘ragan.
Sayyor qabul davomida 91ta murojaat ijobiy yakun topgan bo‘lsa, 35ta murojaat huquqiy maslahatlar berish orqali hal qilindi. Qolgan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga o‘rganish uchun yuborilgan.




Tadbir davomida bo‘sh ishchi o‘rinlar yarmarkasi o‘tkazilib, tuman hokimi Serobiddin Ismoilov tomonidan muhtojlar uchun nogironlik aravalari topshirildi.
Uy-joy ta'mirlash uchun murojaat qilgan aholi vakillariga esa qurilish materiallaridan ko‘mak berildi.




Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
11:44 / 06.04.2026
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlandi
09:17 / 21.03.2026
Andijon viloyatida «Quruq port» quriladi
09:20 / 03.03.2026
819 mln so‘mlik oltinni chegaradan yashirincha olib o‘tishga uringanlar ushlandi
13:24 / 28.02.2026