Keçlikka moğorlagan non. «Özneftgazquduqta'mirlaş» işçilari oğir şaroitlarda işlab, oylik olişmayapti
|20:28 / 02.04.201968 64311 min
Kun.uz tahririyatiga «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasida işlovçi bir guruh işçilaridan murojaat kelib tuşdi.
«Biz izğirinli sovuq kunlarda ham, jazirama issiqda ham berilgan vazifalarni bajariş uçun astoydil harakat qilmoqdamiz. Ammo mehnatimiz rahbariyat tomonidan yetarliça qadrlanmayapti. Uç-tört oydan buyon oylik maoşlarimiz berilmayapti. Ovqat puli eng kam iş haqining bir baravari etib belgilangan, ammo yetmaydi. Uni ham vaqtida ololmaymiz. Oğir şaroitda yaşab, işlamoqdamiz. Bir oy davomida uyga bormasdan, yotib işlaymiz. Ön beş kunlik rejimga ötkazişini sörab, qilgan murojaatlarimiz ham e'tiborsiz qoldirilmoqda. Maxsus kiyimlarni bir neça yillardan buyon olmay kelyapmiz. Moddiy ahvolimiz juda oğir. Oilamiz ham bundan aziyat çekmoqda. Şu masalada yordam berişingizni söraymiz», – deyiladi murojaatda.
Uşbu murojaatni örganiş maqsadida korxonaning Qaşqadaryo viloyati, Ğuzor tumanida joylaşgan bir neçta obektlarida bölib, işçilarning yaşaş va iş şaroitlari bilan tanişdik. Işçilar bilan suhbatlaşib, ularning e'tirozlarini tingladik.
«Işçilarning yaşaş şaroitini körib turibsiz. Şaroit oğir. Oyliklar öz vaqtida berilmaydi. Ançadan buyon oylik olmadik. Oxirgi marta dekabr oyi uçun maoşning bir qismi berilgan, töliq emas. Yanvar, fevral, mart oylari maoşlarini qaçon olişimiz aniqmas. Bir yildan buyon şu ahvol. Işçilarga maxsus kiyim berilişi kerak, ammo bir neça yillardan buyon berilgani yöq. Kuniga 12 soatdan ham işlaşadi, işçilar yetişmaydi. Ammo tabel 8 soatdan töldirilib, maoş yoziladi. Ovqat puli kam, işçilar öz hisobidan ovqatlanişga majbur. Özingiz ularning yaşaş va iş şaroiti bilan tanişsangiz, bunga guvoh bölasiz», – deydi bizga hamrohlik qilgan «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasi katta ustasi Gulmurod Donayev.
Işçilar vagonlarda yaşaşar ekan. Ularning yaşaş şaroiti bilan tanişar ekanmiz, ahvol haqiqatan ham açinarli ekanligiga guvoh böldik. Yotoqxona va oşxona antisanitar holatda. Yonğin xavfsizligi me'yorlariga amal qilinmagan.
Mavzuga oid
Ayniqsa, yotoqxonadagi körpa-töşak (agar şunday deb atab bölsa) abgor holatda, titilib, yirtilib ketgan. Bir oy davomida uyga bormasdan işlaşar ekan.
Içimlik suvi içi zanglab ketgan katta idişda saqlanadi. Sanitariya me'yorlariga umuman töğri kelmaydi. Ammo işçilar şu suvni içişga majbur.
Işçilarning kiyimlarini aytmasa ham böladi. Juda ham abgor holatda. Maxsus kiyimlar bir neça yillardan buyon berilmaydi.
Ajablanarlisi, oylik maoşlari vaqtida berilmasligidan noligan işçilar oylik maoşlari oz-ozdan qismlarga bölib berilgani tufayli yaxlit qançaligini ham bilişmas ekan. Bu haqidagi savolimizga birorta işçi aniq javob bera olmadi.
Şundan keyin «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasi, «Qoratepa 12-quduq» obektida işlayotgan işçilarning yaşaş şaroitlari bilan tanişib, ular bilan suhbatlaşdik.
Uşbu obektdagi işçilarning ham yaşaş va iş şaroiti yuqoridagi obektdagidan farq qilmaydi. Işçilarning e'tirozlari asosan oylik maoşlarini ololmayotganligi, rahbariyat ularga yetarliça şaroit qilib bermaganligidan.
Ularning ham yotoqxonasi va oşxonasi antisanitar holatda. Bu yerda ham körpa-töşaklar açinarli ahvolda. Ovqatlaniş masalasida juda ham qiynalişar ekan. Ovqat puli kam va vaqtida berilmaydi.
Şundan keyin Ğuzor tumanining olis qişloğida joylaşgan «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasi, «Tandirça 45-quduq» obektiga yöl oldik. Qir va adir oralab uzoq yöl bosdik. Yöl-yölakay birorta qişloq körinmaydi. Nihoyat, «Taxtam» qişloği közga taşlandi. Qişloqdan ötib, yana bir oz yöl yurdik.
Atrofga tun qora pardasini tortayotgan vaqtda uşbu obektga yetib bordik. Işçilar keçki ovqat uçun endigina yiğilişgan ekan. Ne köz bilan köraylikki, işçilar moğorlagan bölka non yeb ötirişardi. Ovqatini-ku, aytmasa ham böladi.
«Uzoq yöl. 100 kilometr naridan oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelişimiz kerak. Har uç-tört kunda borib kelişning iloji yöq. Oylik maoşni vaqtida ololmasak, ovqat puli kam bölsa, yölga pulni qayerdan olamiz? Şunday şaroitda bir oy yaşaymiz. Körib turganingiz buxanka non 11 mart kuni olib kelingan. Tez eskiradi va moğorlaydi. Ilojimiz qança, şu bilan kifoyalanişga majburmiz. Nonsiz qolib ketgan kunlarimiz ham böladi. Korxona rahbari yaqinda kelgandi. Şaroitni yaxşilaş va oylikni söraganimizda, «Işlasang şu, bölmasa arizangni yozib ketaver», degan javobni eşitdik. Yaşaş şaroitimiz haqiqatan oğir. Yuviniş xonamizda hatto lampoçka yöq. Yomğir kunlari ham işladik. Kiyimlarni quritişga joy yöq. Ertasiga yana höl kiyimlarni kiyib işlaşga majburmiz. Maxsus kiyim berilişi kerak, ammo bir neça yillardan buyon olganimiz yöq. Topganimizni kiyib işlayapmiz», – deydi işçilar.
Bu obektdagi işçilarning ham yaşaş şaroitlari bilan tanişdik. Yuqoridagi obektlarda körganlarimiz hali holva ekan, bu yerdagi ahvolga hatto maymunlar yiğlaydi.
Suratlarda Rossiyaning uzoq örmonlarida yollanib işlayotgan muhojirlar ahvoli emas. Özimizning yurtimizda oyligini ololmay, undan-da battar şaroitda işlayotgan işçilar ham yöq emas.
Ertasiga işçilarning muammolari, e'tirozlari va oğir şaroitda işlayotgani holatlari yuzasidan izoh söraş uçun «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati ma'muriyati joylaşgan Buxoro viloyati, Qorovulbozor tumaniga yöl oldik.
«Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati idorasiga kirib borganimizda jamiyat direktori Imom Magamedov iş joyida bölsa-da, u bilan körişişning imkonini topolmadik.
«Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati direktorining umumiy masalalar böyiça örinbosari Valeriy Nazaryan va boşqa mutasaddilar bilan uşbu holatlar yuzasidan suhbatlaşdik.
«Haqiqatan bu borada bizda bir qator muammolar bor, xususan, oylik maoşlar borasida ham. Ammo bu bizga boğliq bölmagan holatda yuzaga keldi. Xabaringiz bor, Prezidentning 2017 yil 27 iyuldagi qarori bilan Prezident huzuridagi loyiha boşqaruvi milliy agentligi faoliyati taşkil etildi. Biz buyurtma asosida işlaymiz. Buyurtmaçilarimiz loyihalari 5-6 oylab uşbu agentlik tomonidan örganildi. Bu orada biz ular bilan şartnoma qilolmadik. Korxonamiz deyarli bankrot yoqasiga kelib qoldi. Faqat birgina çet el kompaniyasi bilan işlab turdik. Iqtisodiy ahvolimiz juda oğir ahvolga kelib qoldi. Şuning uçun işçilarning oylik maoşlarini berişda muammolar yuzaga keldi. Faqatgina joriy yil mart oyidan boşlab biz buyurtmaçilarimiz bilan şartnoma imzolay boşladik. Buyurtmalarni bajarişni boşladik. Asta-sekin iqtisodiy ahvolimiz önglanmoqda. Mablağ bölsa, barça muammolarni bosqiçma-bosqiç hal etamiz.
Işçilarning yaşaş şaroiti oğirligiga kelsak, bu ham iqtisodiy holat bilan boğliq. Ovqat pulini ham şu tufayli eng kam iş haqining ikki baravaridan bir baravariga tuşirişga majbur bölganmiz. Moliyaviy ahvolimiz önglansa, yana oşiramiz. Avval bir taşkilot bilan işçilarga ovqat tayyorlab, tarqatiş uçun şartnoma tuzgan edik. Ovqat sifati va narxi bizni qoniqtirmagani uçun ular bilan hamkorlikni töxtatganmiz. Ovqat puli işçilarning özlariga berilyapti. Albatta, kam, ammo aytganimdek, moliyaviy holatimizga qarab kelgusida oşiramiz.
Işçilar bir oy davomida obektning özida yaşab, işlaşadi. Bilasizmi, bizda asosiy muammo yoqilğidir. Ularni har ön beş kunda almaştirolmaymiz. Qolaversa, uzoq hududlarimizga ikki kunlik yöl. Misol uçun, Qoraqalpoğistondagi hududlar. Ikki kun boriş, ikki kun keliş, vaqt yöqotiladi. Şuning uçun bir oylik qilib belgilaganmiz. Bir oy işlaydi, bir oy dam oladi.
Işçilarga yangi körpa-töşak sotib oliş arafasidamiz. Maxsus kiyimlarga kelsak, ötgan yili uzoq joylardagi obektlar işçilariga berganmiz. Ammo haqiqatan ham kiyim bilan töliq ta'minlay olmaganmiz. Barça obektlarda ham kiyimlarni quritişga şaroit yöqligini tan olamiz. Içimlik suvini saqlaşga sanitariya talablariga javob beradigan maxsus idişlar yetarli emasligi ham bor gap. Şu bois, suvni metall idişlarda saqlaşga majburmiz. Haqiqatan ham vagonlarda siz aytgan holat. Hammasi iqtisodiy holatimizga boğliq. Asta-sekin yaxşilanyapti, demak, barça muammolarni hal etamiz. Ikki-uç oydan keyin keling işonmasangiz, körasiz, kamçiliklarni bartaraf etamiz», – deydi «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati direktorining umumiy masalalar böyiça örinbosari Valeriy Nazaryan.
«Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati boş hisobçisi yordamçisi Ğayrat Hamroyevning ta'kidlaşiça, ayni vaqtda işçilarga dekabr oyi uçun qarzlar tölangan. Qolgan oylar uçun oylik maoşlarning töliq berilişi çoralari köriladi.
Işçilar 12 soat işlab, 8 soat uçun tabel töldirişi yuzasidan «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatining «Şörtan» uçastkasi me'yorçisi, ya'ni tabel töldirilişiga mas'ul xodimi Jahongir Ahmedov izoh berdi. Uning aytişiça, işçilar 12 soat işlaganda şu vaqt böyiça tabel töldirilgani va oylik maoş ham şu asosida hisoblanişini, bu borada işçilar e'tirozlari noörin ekanligini bildirdi.
Ma'lum bölişiça, 12 soatlik iş rejimiga ötiş uçastka boşliği sörovi asosida «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyati direktori buyruği bilan amalga oşirilar ekan.
Yuqoridagi holatlardan körinib turibdiki, «Özneftgazquduqta'mirlaş» aksionerlik jamiyatida muammolar yetarliça. Mutasaddilar buni inkor qilmagan holda iqtisodiy holat bilan boğlab, kelgusida mavjud kamçiliklarni bartaraf etişga va'da berdi.
Kun.uz voqealar rivojini kuzatib boradi va bu mavzuga yana qaytadi.