Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bo‘ylab Wi-Fi va e-Reader bilan ta'minlangan «Iste'molchi kutubxonalari» tashkil etilmoqda
O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi 3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan hududlarda “Iste'molchi kutubxonalari” tashkil etilmoqda. Kun.uz muxbiri Federatsiya matbuot xizmatidan olingan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Mazkur kutubxona va kitob savdosi do‘konlarida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste'molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma'rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, mahalliy gazeta-jurnallar bilan ta'minlanadi.
Bundan tashqari, "Iste'molchi kutubxonalari"da zamonaviy Book cafe, bepul Wi-Fi tizimi, internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi e-Reader elektron o‘quv qurilmalari bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekistonning jami qirqta tuman markazlarida “Iste'molchi kutubxonasi” qurilishi boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida: Beruniy tumani va Nukus shahri;
Andijon viloyati: Andijon shahar va Buloqboshi tumanida;
Navoiy viloyatida: Qiziltepa va Uchquduq tumanlarida;
Buxoro viloyatida: Qorovulbozor va Olot tumanlarida;
Samarqand viloyatida: Samarqand shahar va tumanida;
Qashqadaryo viloyatida: Muborak, G‘uzor, Yakkabog‘ va Chiroqchi tumanlarida;
Farg‘ona viloyatida: Oltiariq, Bog‘dod, Farg‘ona tumani va shahri, Uchko‘prik, Qo‘shtepa, Rishton, Quva tumanlarida;
Surxondaryo viloyatida: Boysun va Uzun tumanlarida;
Namangan viloyatida: Chust va Uchqo‘rg‘on;
Xorazm viloyatida: Gurlan, Qo‘shko‘pir, Shovot, Urganch shahar va tumani, Xazorasp, Xiva, Xonqa, Yangiariq va Yangibozor tumanlarida.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:45 / 10.06.2026
Jahon shaharlari reytingi: aholi uchun eng ko‘p kutubxona qayerda?
12:12 / 09.06.2026