Jahon | 14:56 / 02.04.2019
9495
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburg metro teraktida sudlanuvchilar ayblovni tan olmadi

Sankt-Peterburg metro teraktiga aloqadorlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik sudlanuvchilar ayblovni tan olmadi, deb xabar bermoqda Fontanka.ru

Sud zalida hozir bo‘lgan 11 nafar sudlanuvchining barchasi jo‘r ovozda ayblovni tan olmasligini bildirgan.

Sudlanuvchi Sh.K.ning aytishicha, unga qo‘lga olishayotgan paytda tergov organi xodimlari detonator, mikrosxema va bombani o‘zlari “tashlab” qo‘yishgan. U moslamalarni qo‘ltig‘i va sochiga kuch bilan surtishgani, shu orqali buyumlarda biologik parcha izlar qolganini tushuntirgan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, sud zalida ishga u qadar aloqador bo‘lmagan ayblanuvchilar olib kelingan. Teraktni uyushtirganlikda gumon qilinayotgan asosiy shaxslar hamon qidiruvda. Ularning biri o‘zbekistonlik B.M. bo‘lib, boshqa bir qator jinoyatlarni ham sodir etganlikda qidiruv e'lon qilingan.

Ma'lumot uchun, Sankt-Peterburg metro terakti 2017 yil 3 aprel kuni sodir etilgan.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid