Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoniga qishki havo qaytdi (video)
Foto: SPA
Martning oxirgi kuni Saudiya Arabistonida ob-havo “syurprizini” tuhfa qildi: mamlakat shimoli-g‘arbida havo harorati 9 darajadan pasayib ketib, tog‘li hududlarga qor yog‘gan. 31 mart kuni Jabal al-Lavz tog‘ida qor yog‘ishni boshlab, kechga yaqin Iordaniya bilan chegaradagi butun hudud qor bilan qoplangan. Meteorologlarning aytishicha, bunday ob-havo yilning ushbu vaqti uchun noodatiy hisoblanadi.
1 aprel ertalabdan odamlar kutilmaganda kirib kelgan qish manzaralarini ko‘rish uchun tog‘larga oshiqishgan. Buni istovchilar shunchalik ko‘p bo‘lganki, avtotransportning normal harakatlanishi uchun yo‘llarga yo‘l patruli, fuqarolik mudofaasi va tez yordam ekipajlari qo‘yilgan.
Ba'zi mahalliy odamlar bu hududda qorni birinchi marta ko‘rishayotganini aytishgan.
Bundan avvalroq, fevral o‘rtasida ham Jabal al-Lavzda qor yog‘gan. Shunda mahalliy aholi chanalar va qo‘lbola chang‘ilarni ijaraga berishni yo‘lga qo‘yib, yaqin orada ularda bu yerda qishki kurort vujudga kelishini aytib hazillashishgan.
#جبل_اللوز اليوم pic.twitter.com/iD7kgKa9dw
— عاطف (@Ax515) 31 marta 2019 g.
Mavzuga oid
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
17:57 / 20.02.2026
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
17:52 / 07.02.2026