Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Su-57’ga qiziqishni yo‘qotdi
Rossiyaning beshinchi avloddagi Su-57 qiruvchi samolyoti Xitoy tomonida harbiy nuqtai nazardan emas, balki texnik jihatdan qiziqish uyg‘otishi mumkin. Bu haqda Global Times ekspertlar fikriga tayangan holda xabar bermoqda.
Xitoyning Qurollarni nazorat qilish assotsiatsiyasi katta maslahatchisi Syu Guanyu taxminicha, Xitoy mahalliy konstruktorlar uchun foydali bo‘lib chiqishi mumkin bo‘lgan bir nechta Su-57’ni Rossiyadan sotib olishi ehtimoli bor.
SAC (Shenyang Aircraft Corporation) loyiha instituti bosh konstruktori Van Yunsin ma'lum qilishicha, Xitoyning Su-57’dan foydalanishi ehtimoli juda kam, sababi XXR o‘zining beshinchi avloddagi J-20 qiruvchi samolyotiga ega.
Shuningdek, ekspertning qayd etishicha, Rossiya samolyotlarining Xitoy tizimiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq qiyinchiliklar mavjud.
Bundan oldin, AQSh Xitoy hujumiga javoban Rossiyaga zarba berilishi mumkinligini istisno etmagandi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026