Jahon | 13:41 / 29.03.2019
43147
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Xitoy hujumiga javoban Rossiyaga zarba berilishi mumkinligini istisno etmadi

Foto: China-defense-mashup.com

Xitoy tomonidan yaratilayotgan uzoq masofaga uchadigan qanotli raketa savdo kemasining oddiy yuk konteyneri ko‘rinishidagi universal moduldan uchirilishi mumkin, deb yozmoqda The Washington Free Beacon.

Nashrning ta'kidlashicha, Amerika portidagi turargohda joylashtirilgan bunday qurolga ega fuqarolik kemasi AQSh strategik obektlari xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. The Washington Free Beacon taxminicha, bunday qurol butun dunyo bo‘ylab Xitoy tomonidan joylashtiriluvchi bazalarda yashirilishi, shuningdek, Amerika raqiblariga sotilishi mumkin.

«Konteynerlarda raketalarni joylashtirish Xitoy, Rossiya va ularning hamkorlariga Qo‘shma Shtatlar hamda uning ittifoqchilariga bevosita yoki bilvosita hujum qilish uchun yangi imkoniyatlar beradi», - dedi Xalqaro baholash va strategiya markazi (AQSh) eksperti Rik Fisher.

Ekspertning fikricha, «Xitoy raketani uchirish qurilmalari Sietl porti yaqinida saqlanib, Kitsap bazasidagi [HDK Tinch okeani floti] elektr magnitli qurolga qarshi jangovar kallaklar uchirilishini kutishi mumkin».

Bunday raketalardan foydalanish, Fisherga ko‘ra, Trident yadro raketalarini olib o‘tuvchi atom suvosti kemalari elektronikasini ishdan chiqarib, «kimga javob zarbasi» berishni bilmaydigan Vashingtonda xavotir yuzaga keltira oladi.

Nashr yozishicha, hozirda parvoz sinovlaridan o‘tkazilayotgan istiqbolli qurol Xitoyning yerda joylashtiriluvchi YJ-18C kemalarga qarshi raketasi takomillashtirilgan versiyasi sanaladi. Ta'kidlanishicha, Xitoy ishlanmasiga Rossiyaning Club-K raketa quroli konteyner kompleksi asos qilib olingan.

Bundan oldin, Xitoy AQShning Tayvan bo‘yicha qaroridan g‘azabda ekani xabar berilgandi.

Mavzuga oid