Bojxona imtiyozlaridan noqonuniy foydalanish fosh etildi
Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumanida tashkil etilgan “SKY TEXTILE” MChJ mansabdor shaxslarining qing‘ir ishlariga chek qo‘yildi.
Ushbu MChJ mansabdor shaxslari korxona ustavida ko‘rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan noqonuniy yo‘llar bilan mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirib, go‘yoki jamiyat hisobida 25 dona turli rusumdagi tikuv dastgohlari mavjudligi, ishlab chiqarish sexida esa 31 ta ishchi-xodimlar faoliyat ko‘rsatayotganligi, yiliga 18 mingdan ortiq turli xil tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganligi haqidagi soxta ma'lumotlar ko‘rsatilgan biznes rejani «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga taqdim etib, uyushma a'zoligiga qabul qilingan.
Korxona mansabdor shaxslari o‘tgan 2018 yil davomida umumiy qiymati 939 million so‘mdan ortiq har xil turdagi matolarni mamlakatimizga imtiyoz asosida olib kelgan bo‘lsa-da, ushbu matolardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish o‘rniga ularni naqd pulga sotib yuborgan.
Tekshiruv davomida soxta ma'lumotlar asosida ish boshlagan ushbu korxona hisobida ishlab chiqarish uskunalari ham, ishchi xodimlari ham mavjud emasligi oshkor bo‘ldi.
Ushbu MChJ mansabdor shaxslarining bojxona imtiyozlaridan qonunga xilof ravishda foydalanishlari oqibatida 1,8 milliard so‘mdan ortiq bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlaganliklari fosh etildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024