Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi La Ligada standart vaziyatlardan gol urish bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirdi
«Barselona» sardori Lionel Messi La Liganing 30-turida «Vilyarreal» (4:4) darvozasiga bevosita jarimadan to‘p kiritdi.
90-daqiqada urilgan ushbu gol Messining Primerada standart vaziyatlardan urgan 81-goli bo‘ldi (29ta gol jarima zarbasidan, 52tasi penaltidan). Shu tariqa, u «Real»ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi. Portugaliyalik yulduz La Ligada standartlardan 80 marta darvozani ishg‘ol qilgan (19tasi jarima zarbasi, 61tasi penalti).
Umumiy hisobda, 31 yoshli Leoning Ispaniya chempionatidagi jami o‘yinlari 446taga yetdi. U bu bahslarda 415ta gol urib, 238ta golga assistentlik qilgan. 34 yoshli Ronaldu esa 292ta uchrashuv va ularda qayd etilgan 311+95 mahsuldorlik ko‘rsatkichiga ega.
E'tiborlisi, argentinalik hujumchi La Liganing oxirgi uchta turidan buyon jarima zarbasidan gol urib kelmoqda.

Mavzuga oid
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026