«Finam» investitsiya kompaniyasi tahlilçisi Aleksey Korenevning işonç bildirişiça, Özbekiston hali ham yopiq mamlakatdir. Hatto Markaziy Osiyodagi boşqa respublikalar me'yorlari böyiça ham. Bu haqda Inbusiness.kz xabar berdi.
Uning fikriga köra, şu sababli moliyaviy tizim haqida ma'lumot köp emas, özi juda kuçsiz rivojlangan va bir qator tizimli kamçiliklarga ega.
«Mamlakat bank sektorining 86 foizi davlatga tegişli. Banklar özining kredit muassasalari böyiça klassik funksiyalarini emas, balki turli vazirlik va idoralar uçun ham kreditlovçi, ham pul beruvçi işini bajarmoqda. Umuman olganda, bu şunçaki katta keptiv banklar bölib, faqat özi «boğlangan» ma'lum idoralar korxonalariga kredit beradi va boşqa xizmat turlarini taqdim etadi. Şu bilan birga, barça kredit muassasalari davlat tomonidan qat'iy tartibga soluvçi ta'sirga ega, undan tegişli subsidiyalar ham olişadi», - deya izoh berdi tahlilçi.
Şunga qaramay, vaqti-vaqti bilan sobiq SSSR respublikalari va uzoq xorij davlatlarining ba'zi kredit taşkilotlari Özbekiston bank bozoriga kirişga urinmoqda. Ular orasida Gruziyaning TBC Bank’i, şuningdek, ğarbning Sturgeon Capital va Şveytsariyadan bölgan yirik investor Respons Ability bor.
Rossiyaning Sberbank yoki VTB kabi yirik öyinçilari Özbekiston bozoriga kirişi ehtimoli juda kam, deya hisoblaydi Korenev. Uning fikriga köra, respublika rasmiylari bunday kuçli öyinçilardan oçiqdan-oçiq xavfsiramoqda va ularni öz moliyaviy tizimiga yaqinlaştirişga şoşilmayapti.
«Özbekiston moliya sektorining rivojlaniş istiqbollari yaqin yillar uçun juda noaniqdir. Bunda turli xil ssenariylar bor, ammo u oçiq, diversifikatsiyalangan, ommaviy çakana iste'molçiga yönaltirilgan va xorijiy sarmoyadorlar uçun qulay bölişi mumkinligi ehtimoldan yiroq», - deya ta'kidlab ötdi Aleksey Korenev.
Yana bir ekspert, Rasul Rismambetovning fikriça, Özbekiston mamlakat bozori sifatida iqtisodiyot tuzilmalari turliça ekani tufayli Qozoğistonga raqobatçi emas.
Uning sözlariga köra, agar raqobat haqida gapirilsa, unda bu bitta mintaqaviy bozorda işlaydigan va öxşaş mahsulot işlab çiqaradigan xususiy kompaniyalar örtasida yuz berişi mumkin.
«Umuman olganda, Qozoğiston va Özbekiston haqida gap ketganda, men ularni bir birini töldiruvçi bozorlar sifatida köraman. Özbekistonga investitsiyalar jalb qiliş Qozoğiston investitsion muhitiga ijobiy ta'sir qiladi va aksinça. Qozoğistonda faoliyat yuritayotgan köplab kompaniyalar Özbekistondagi ijobiy özgarişlardan juda mamnun. Boy qöşni - bizning boyligimiz garovi», - deya ta'kidlab ötdi ekspert.

















