Ta’kidlanişiça, 2025 yil 1 noyabr holatiga köra, yillik inflatsiya darajasi ötgan yilgi 10,2 foizdan 7,8 foizgaça pasaygan. 2026 yilda bu körsatkiçni 7 foizgaça tuşiriş, 2027 yilda esa 5 foiz doirasida uşlab turiş rejalaştirilmoqda.

Şu maqsadda içki bozorda tovar va xizmatlar taklifini rağbatlantirişga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, 2026 yilda banklar agrar tarmoq, oziq-ovqat sanoati va xizmat körsatiş sohalaridagi loyihalarni moliyalaştirişni kengaytiradi.

Yiğilişda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligini ta’minlaş uçun barça zarur çoralarni köriş muhimligi ta’kidlandi.

Yuqori ösiş sur’atlari va aholi bandligini ta’minlaş maqsadida kelgusi yilda tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar hajmi 450 trillion sömga yetkaziladi.

Davlat rahbariga mikro, kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş böyiça berilgan topşiriqlarning ijrosi haqida axborot berildi. Yil boşidan buyon tadbirkorlik sub’yektlariga 116 trillion sömlik kreditlar ajratildi, bu ötgan yilga nisbatan 1,4 barobar köpdir.

Mahallabay işlaş doirasida 89 ming fuqaroning biznes taşabbuslari qöllab-quvvatlanib, ularga 1,1 trillion sömlik kreditlar ajratildi. Yil yakuniga qadar mazkur körsatkiç 100 ming nafarga yetkaziladi.

2026 yilda ham kambağallikni qisqartiriş, aholini tadbirkorlikka faol jalb etiş böyiça işlarni davom ettiriş rejalaştirilgan. Mikro, kiçik va örta biznesni kreditlaş hajmini 140 trillion sömga yetkaziş, yana 100 ming fuqaroning loyihalarini qöllab-quvvatlaş möljallangan.

Prezident aholi va biznes uçun barqaror moliyaviy muhit yaratiş, bank tizimiga işonçni mustahkamlaş hamda moliya bozorida soğlom raqobatni rivojlantiriş bundan buyon ham bank-moliya siyosatining boş vazifasi bölişi lozimligini ta’kidladi.

Mutasaddilarga inflatsiyani jilovlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, mamlakatimiz makroiqtisodiy barqarorligini mustahkamlaş yuzasidan qöşimça topşiriqlar berildi.