Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning eng xavfsiz hududlari ma'lum qilindi
Rossiyada 2018 yil yakunlari bo‘yicha jinoyatlar soni eng kam va eng ko‘p bo‘lgan mintaqalar reytingi tuzildi. Ro‘yxat RT tomonidan mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga asoslangan holda yaratildi.
Ta'kidlanishicha, Chukotka eng xavfsiz hududga aylandi. Bu yerda 748ta huquqbuzarlik holati qayd etilgan. Ikkinchi o‘rinda Nenets muxtor okrugi (857ta jinoyat). Ingushetiya 1,6 mingta huquqbuzarlik ko‘rsatkichi bilan eng xavfsiz mintaqalar uchligiga kirdi. Keyingi o‘rinlardan Qalmog‘iston Respublikasi (2,7 ming) va Magadan oblasti (2,9 ming) joy oldi.
Jinoyatlarning katta qismi Moskva (140 mingtadan ortiq) va Moskva oblastida (80,2 mingta) qayd etilgan.
Shuningdek, eng ko‘p sodir etilgan jinoyatchilar soni bo‘yicha ro‘yxatda Krasnodar o‘lkasi (68,1 mingta), Chelyabinsk oblasti (64,8 mingta) va Boshqirdiston Respublikasi (57,4 mingta) bor.
Aniqlik kiritilishicha, jinoyatlarning yarmidan ko‘pi o‘g‘irlik jinoyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026
Aviayonilg‘i taqchilligi: Rossiya importni keskin ko‘paytirdi
20:27 / 26.06.2026