Termiz temir yo‘l vokzali zamonaviy qiyofaga kirdi
Surxondaryo viloyati markazida joylashgan Termiz temir yo‘l vokzali kapital ta'mirlandi.
Bir yarim oy vaqt davom etgan qurilish-montaj ishlarida 500 nafardan ziyod tajribali quruvchi mehnat qilgan. Dastlab, binoning tashqi fasad va tom qismlari ta'mirlangan. Vokzalning kutish va yuqori darajada xizmat ko‘rsatish zallari ham zamonaviy qiyofaga keltirilgan.
Bundan tashqari, binoda joylashgan ona-bola xonasi yangidan jihozlangan. Zamonaviy yoritish tizimlari o‘rnatilib, perron ham ta'mirlangan.
Yo‘lovchi poyezdlarning qatnov jadvali aks etgan elektron oyna, perron qismida hamda kutish zalida axborot olish tablolari o‘rnatilgan. Wi-Fi internet tizimi, elektron kutubxona joriy etilgan.
Vokzal hududida dam olish xonalari, nogironlar uchun maxsus sanuzel, yuk bo‘limi, zamonaviy ovqatlanish, sayyohlar va yo‘lovchilar uchun Surxondaryoning milliy hunarmandchiligi aks etgan esdalik sovg‘alar savdo shoxobchalari ham tashkil qilingan.
Vokzalda 125 nafar ishchi-xizmatchi faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda bir vaqtning o‘zida 200 nafar, bir sutkada 1200 nafardan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
Mavzuga oid
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
15:04 / 29.08.2024
Termizda Afg‘oniston bilan savdo va logistika tartibini soddalashtirish maqsadida xalqaro savdo markazi ochildi
15:12 / 27.08.2024
Termizda ilk bor O‘zbekiston va Afg‘oniston klublari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi
18:27 / 19.08.2024