Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan narxlarni shakllantirishning bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mineral o‘g‘itlar narxlarining keskin o‘zgarishi xavfini hamda paxta xomashyosi va g‘alla qiymatiga ta'sirining oldini olishni hisobga olgan holda mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan narxlarni shakllantirishning bozor mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, mineral o‘g‘itlarni sotib olish uchun birja savdolarida barcha ishtirokchilar (xaridorlar) uchun teng sharoitlarni ta'minlash bo‘yicha hukumat qarorini qabul qiladi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi hududiga TIF TN bo‘yicha 4011 va 4012 kodi bilan import qilinadigan avtomobil va qishloq xo‘jaligi shinalariga bojxona bojlarining aralash stavkasi joriy etildi.
O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 23 avgustdagi “2017-2021 yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.
Shuningdek, qarorga muvofiq kimyo tarmog‘ida islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
14:24 / 02.06.2026
Uch yilda kimyo sohasida 42 ta yirik loyiha amalga oshiriladi
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026