Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston hukumatlari o‘rtasidagi bitim kuchga kirdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
2019 yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Hindiston Respublikasi hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Hujjat Dehli shahrida 2018 yil 1 oktabr kuni imzolangan edi.
TIV xabariga ko‘ra, hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar.
Bitim diplomatik pasportga ega bo‘lgan ikki davlat rasmiy vakillarining o‘zaro safarlari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi.
Bundan oldin, Toshkentda hind tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab tashkil etilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026