Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hind tili chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab tashkil etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar Olmazor tumanidagi Lal Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Olmazor tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi negizida Lal Bahodur Shastri nomidagi hind tilini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
umumiy o‘rta ta'limning davlat ta'lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda chet tillarini, ayniqsa hind tilini chuqur o‘qitilishini tashkil etish;
yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etgan holda o‘quvchilarning yosh (hind va o‘zbek) adabiyotshunoslar, yosh tarjimonlar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta'minlash;
o‘quvchilarni chet tillarini, ayniqsa hind tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro e'tirof etilgan sertifikatlar olishga tayyorlash;
o‘quv jarayonining Hindiston Respublikasi ta'lim tizimi bilan hamkorligini yanada rivojlantirish va ikki tomonlama uzviylikni ta'minlash maqsadida o‘quvchilarga chet tillarini o‘rgatish, axborot kommunikatsiya hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishida Hindiston Respublikasining yetakchi ta'lim muassasalarida amaliyot o‘tashlari, o‘zaro tajriba almashishlari bo‘yicha yaqin hamkorlikni tashkil etish.
Belgilab qo‘yilishicha:
2019-2020 o‘quv yilidan boshlab, ixtisoslashtirilgan maktabning
5-6-7- sinflariga hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga ixtisoslashtirilgan maktabning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlar salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi bilan birgalikda:
“Ustozoda xalq sanʼati ustalari korxonasi” unitar korxonasiga tegishli Toshkent shahar Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasi, 109-uy manzilida joylashgan 24-sonli umumta'lim maktabining sobiq ta'mirtalab binosi va uning tegishli hududi va inshootlari Olmazor tumani xalq ta'limi bo‘limiga operativ huquqi bilan bepul o‘tkazish;
2019 yilning 1 avgustiga qadar ixtisoslashtirilgan maktabning mavjud binosini mukammal ta'mirlash va sobiq binosini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash ishlarini yakunlash;
mazkur maktab hududidagi Lal Bahodur Shastri haykalini Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan restavratsiya qilish va uni sifatli o‘rnatish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026