O‘zbekiston | 21:14 / 05.04.2019
6955
3 daqiqa o‘qiladi

”O‘zkimyosanoat” AJ qiymati 12,4 mlrd AQSh dollariga teng 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi

”O‘zkimyosanoat” AJ qiymati 12,4 mlrd AQSh dollariga teng, shu jumladan 1,7 mlrd AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hisobiga 31 ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi. Bu O‘zbekiston Prezidentining “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda optimallashtirilgan va yangi istiqbolli loyihalar bilan to‘ldirilgan hamda quyidagilarga qaratilgan 2019-2030 yillarda kimyo sanoatini rnvojlantirish dasturi ma'qullandi:

azotli, fosforli, kaliyli va murakkab mineral o‘g‘itlarni, shu jumladan ushbu mahsulotlarni “Navoiyazot” AJ, “Samarqandkimyo’' AJ, “Farg‘onaazot” AJ, “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJ, “Ammofos-Maksam” AJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” MChJ negizida, shuningdek, Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahri va Navoiy viloyatining Tomdi tumanida ishlab chiqarish bo‘yicha amaldagi quvvatlarni modernizatsiya qilish, kengaytirish hamda energiya jihatidan samarador yangi quvvatlarni barpo etish;

“O‘zbekneftgaz” AJ bilan birgalikda va yetakchi xorijiy kompaniyalar ishtirokida hamda ilg‘or texnologiyalar va zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llagan holda polimer mahsulotlari, shu jumladan polietilentereftalat (PET), polivinilxlorid (PVX), sintetik kauchuk, polistirol, poliuretan, poliol, akrilonitril-butadiyen-stirol (ABS) plastik, poliakrilonitril (PAN) mahsulotlarini chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish;

tarmoq korxonalarining mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini, ularning negizida iqtisodiyot tarmoqlarida talab etilayotgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini, shu jumladan melamin, metilamin, formaldegidli, karbamid-formaldegidli va melamin-formaldegidli saqichlar, etilatsetat, ozuqa tuzi, natriy bikarbonati, xlor-sirka kislotasi, natriy nitrati, butilatsetat, trinatriy fosfat, nitrosellyuloza, metallurgiya, neftgaz va to‘qimachilik sanoatlari uchun reagentlar, katalizatorlar va kimyoviy qo‘shilmalar, shuningdek, polimer fitinglar, biaksil yo‘naltirilgan polipropilen plyonkasi (BOPP), o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari va ularni ishlab chiqarish uchun amaldagi moddalarni chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid