Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda sobiq prezidentni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish imkonini beruvchi qonun qabul qilindi
Qirg‘iziston parlamenti «Qirg‘iz Respublikasi prezidenti faoliyatini kafolatlash haqidagi» qonunga uni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi o‘zgarishlarni kiritdi.
Parlamentning 114 nafar a'zosidan 111 nafari bu o‘zgarishlarni yoqlab ovoz berishdi.
Dastlab o‘zgarishlarning tashabbuskorlari Ishoq Masaliyev va Qurmonqul Zulushev sobiq prezidentning daxlsizligi haqidagi 12-moddani umuman olib tashlashni taklif qilishgan edi. Chunki, Konstitutsiyada bunday me'yor ko‘zda tutilmagan va «Qirg‘iz Respublikasi prezidenti faoliyatini kafolatlash haqidagi» qonun unga moslashtirilishi lozim edi.
Biroq ularning hamkasblari Asel Qoduranova va Taabaldi Tillayev sobiq prezidentni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish va mamlakatni boshqargan paytida qilgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortishni faqat Jogorqu Kenesh roziligi bilan amalga oshirishni, agar sobiq prezident o‘z vakolatlarini topshirganidan so‘ng qonunni buzgan bo‘lsa, uni barcha fuqarolar qatori javobgarlikka tortishni taklif qilishdi.
Bundan tashqari, o‘zgarishlar paketiga Oqilbek Japarov normasi ham kiritildi. Unga ko‘ra, agar sobiq prezident katta siyosatda qolsa va davlat lavozimlariga da'vogarlik qilsa, daxlsizlik huquqi va boshqa imtiyozlardan mahrum qilinadi.
Avvalroq, Konstitutsiya palatasi daxlsizlik haqidagi me'yorni Konstitutsiyaga zid deb topgan edi. Chunki u sobiq prezidentga daxlsizlikni kafolatlamagan.
Mavzuga oid
18:30
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev davlat mukofotlaridan mahrum etildi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
14:22 / 17.12.2025
Qirg‘izistonda ta’lim vaziri mast holda mashina boshqarib qo‘lga tushdi
17:58 / 16.12.2025