Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 14 sentyabrda qabul qilingan O‘RQ-296-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati 3-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinishi mumkin:
“3. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar - vasiy (homiy) va bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) shaxslar doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga.”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati
va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.
Ma'lumot uchun, 3-bandning amaldagi tahriri quyidagicha ko‘rinishga ega:
“Vasiylik va homiylikdagi shaxslar — vasiy (homiy) doimiy propiska qilingan uy-joy maydoniga”.
Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026