Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qurilayotgan yer usti metrosi uchun tarkib vagonlarini Rossiya kompaniyasi yetkazib beradi
O‘zbekiston Prezidentining “Toshkent shahridagi metropoliten yer usti liniyasi uchun harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoyishi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2019-2020 yillar davomida “Toshkent shahridagi metropoliten yer usti liniyasi uchun harakatlanuvchi tarkib vagonlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Quyidagilar loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
“Rivojlanish va tashqi iqgisodiy faoliyat banki” davlat korporatsiyasining (Rossiya) O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga beriladigan, shuningdek, imtiyozli davri 3 yil, foiz stavkasi yiliga 2,5 foiz, shu jumladan bankning qayta moliyalashtirish marjasi yiliga 0,5 foiz bo‘lgan 22,14 mln yevro miqdoridagi krediti;
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga beriladigan, shu jumladan imtiyozli davri 3 yil, foiz stavkasi LIBORning 6 oylik stavkasiga yiliga 1,5 foiz ko‘shilgan stavkaga teng bo‘lgan, shu jumladan bankning qayta moliyalashtirish marjasi yiliga 0,5 foiz bo‘lgan 5,535 mln yevro mikdoridagi krediti;
loyiha bo‘yicha olib kelinadigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi xarajatlarini to‘lash uchun 0,11 mln yevro ekvivalentidagi O‘zbekiston Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar.
Farmoyishga muvofiq, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ loyihaning amalga oshirilishi, loyiha doirasida jalb qilinadigan kreditlarning maqsadli va samarali foydalanilishi uchun mas'ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
“Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” davlat korporatsiyasi (Rossiya) hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining jalb qilinayotgan kreditlarini qoplash, ular bo‘yicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar tegishli operatsiyani amalga oshirish sanasida O‘zbekiston Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valutada Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston moliya vaziriga jalb etiladigan kreditlarni qayta moliyalashtirish bo‘yicha tuziladigan kredit shartnomalari doirasida taqdim etiladigan davlat kafolatlari uchun to‘lov undirmasdan, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” davlat korporatsiyasi (Rossiya) hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki oldidagi to‘lov majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolatlarini belgilangan tartibda berish vakolati berildi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga loyihani amalga oshirish doirasida:
“Metrovagonmash” AJ (Rossiya) bilan har biri ikki motorli bosh vagon, bitta oraliq motorli va bitta oraliq motorsiz vagondan iborat bo‘lgan to‘rt vagonli beshta tarkibni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan- to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish va muzokaralar yakunlari bo‘yicha tegishli bitim tuzishga;
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlanguniga qadar, import kontraktlar O‘zbekiston Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda ekspertizadan o‘tkazilgandan so‘ng ushbu kontraktlar bo‘yicha moliyalashtirishni ochishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
20:15 / 25.02.2026
Prezident sanoat korxonalari quvvatini oshirib, 2 mingta yuk vagoni ishlab chiqarishni buyurdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:22 / 25.05.2024
Toshkentda metro vagonlaridan birining eshigi ochilmay qolgani bo‘yicha izoh berildi
16:48 / 19.03.2024