O‘zbekiston | 16:50 / 06.04.2019
4420
2 daqiqa o‘qiladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Heidelberg mintaqaviy direktori bilan uchrashdi

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Germaniyaning «Heidelberg» kompaniyasi vakillari, Sharqiy Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Jozef Mozer bilan uchrashdi. Bu haqda agentlik rahbari o‘zining Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Aytilishicha, matbaa va poligrafiya uskunalarini ishlab chiqaruvchi «Heidelberg» kompaniyasi jahon bozorining deyarli yarmi (50 foizi)ni egallagan, dunyoning 170 davlatida 250 ta o‘z tarmog‘iga ega.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Uchrashuv davomida «Heidelberg» kompaniya vakillari Agentlik tizimidagi nashriyotlarning ishlab chiqarish texnikalari bilan tanishishdi, nashriyotlarning mavjud imkoniyatlarini o‘rgandilar.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Germaniya kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, mamlakatda poligrafiya sohasini yangi darajaga ko‘tarish, sohani tubdan qayta isloh qilish va ushbu yo‘nalishga tajribali mutaxassislarni jalb qilish borasida fikr almashildi va istiqboldagi rejalar keng muhokama qilindi.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Mavzuga oid