Özbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva prezident Şavkat Mirziyoyevni 68 yoşni qarşilagani bilan tabrikladi.

“Tuğilgan kuningiz qutluğ bölsin, dadajon!

Siz men uçun har doim donişmandlik va kuç-qudrat timsoli bölib kelgansiz. Men Sizning çeksiz mehringizdan quvvat olib ulğaydim.

Dadajon! Tun-u kun Sizning öy-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxşi bilaman. Siz xalqimiz uçun yaşayapsiz. Umringizni şu yurtga, uning tinçligi, odamlar farovonligiga bağişlagansiz. Çunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.

Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barça maşaqqatlarni yengişda körsatayotgan matonatingiz oldida boş egaman.

Allohdan faqat bir narsani sörayman – Sizni doim Öz panohida asrasin. Men uçun. Hammamiz uçun...

Siz dunyoga kelgan kun barçamizga muborak bölsin, dadajon”, – deya tilak bildirdi Saida Mirziyoyeva.

Şuningdek, administratsiya rahbarining jamoatçilik asosidagi mustaqil maslahatçisi Komil Allamjonov ham davlat rahbarini tavallud kuni bilan qutladi.

“Tuğilgan kuningiz muborak bölsin – eng adolatli muhtaram Prezident!

Baxtimizga dunyo turgunça turing!

Siz qurayotgan erkin millat poydevori yanada mustahkam, yöllari ravon bölsin!” – deya yozdi Allamjonov.