Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi har shanba kuni “Moviy gumbaz” sayilgohida yoshlar festivali o‘tkaziladi (foto)
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi va qator tashkilotlar tashabbusi bilan poytaxtimizning “Moviy gumbaz” istirohat bog‘ida haftaning har shanba kuni yoshlar va voyaga yetmagan shaxslar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida “Yoshlar jinoyatchilikka qarshi” yoshlar festivalini o‘tkazish endi an'ana tusiga kiradi.
Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kunidagi videoselektor yig‘ilishida ilgari surilgan yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalarini hayotga tatbiq etishdir.
Bugun ham “Moviy gumbaz” sayilgohi har qachongidan ham to‘lib toshdi. O‘ziga xos tabiat bag‘rida betakror ko‘rgazmalar namoyish etildi, kuy-qo‘shiqlar raqslarga ulandi, turli sport musobaqalari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Unda 2000 dan ziyod yoshlar ishtirok etdi




Bayramona kun ruhiga ruh qo‘shgan yana bir voqea – shubhasiz Sohibqiron Amir Temur bobomizning yaqinlashib kelayotgan tavallud sanalari bo‘ldi. Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tarkibi, Temur bobomiz zamonasiga xos liboslarda namoyon bo‘lgani barchani hayratga soldi. Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi. Harbiylarning qo‘l jangi namoyishlari esa har doimgidek yig‘ilganlarni ruhlantirdi.





Tadbir doirasida shaxmat-shashka musobaqalari, rassomchilik, hunarmandchilik, badiiy gimnastika, raqs, musiqa, teatr, arqon tortish, kurash, bodibilding va ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha chiqishlar qilindi. Ko‘klam bag‘rida ochiq kitob savdolari, yoshlarda vatanparvarlik ruhini oshirish maqsadida harbiy qurollar ko‘rgazmasi, mehnat yarmarkalari bo‘lib o‘tdi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026