Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 5 kilometr masofaga faol yurish va gimnastrada tadbirlari tashkil etildi
Sog‘lom turmush tarziga muntazam ravishda amal qilish turli xastaliklardan holi, sog‘lom va baxtli yashash omilidir. Shundan kelib chiqqan holda joriy yil 6 aprel, shanba kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Sog‘lom hayotga qadam tashla” shiori ostida Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan 5 kilometr masofaga faol yurish va gimnastrada tadbirlari mamlakat bo‘ylab tashkil etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Faol yurishning foydali ekanligi barchamizga ma'lum. Ya'ni, faol yurish orqali yurak qon-tomir kasalliklari, insult, xavfli o‘smalar, nafas olish a'zolarining surunkali kasalliklari va qandli diabet kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olgan bo‘lamiz. Muhimi, yurish barcha sport turlari orasida eng osoni va qulayidir. Buning uchun juda ko‘p energiya sarflashning hojati yo‘q, ijobiy ta'siri esa juda yuqori.
Gimnastrada ham salomatlik uchun foydali bo‘lib, unda guruh-guruh bo‘lib yengil gimnastika mashqlari bajariladi. Natijada, mushak tizimi mustahkamlanadi, bo‘g‘imlar harakati yaxshilanadi. Bundan tashqari, kuch, tezlik va chidamlilikni tarbiyalaydi. Sog‘lomlashtiruvchi ta'sir kuchiga ega mashqlar tufayli qomatning tik va to‘g‘ri rivojlanishi ta'minlanadi.
– Ushbu ommaviy tadbirlar doirasida “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkil etilib, murojaat qilgan bemorlarga respublika, viloyat, tuman va shahar tibbiyot muassasalari shifokorlari tomonidan bepul va malakali tibbiy maslahatlar berildi, – deydi Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova. – Tuman va shaharlarda joylashgan markaziy xiyobonlar, supermarketlarda jadval asosida ikki soat davomida “Salomatlik maydonchalari” ham tashkil qilinib, unda antropometrik o‘lchovlar, savolnoma va maxsus tekshiruvlar asosida noinfeksion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari aniqlanib, tibbiy maslahatlar berildi. Ahamiyatli tomoni, endilikda “Ochiq eshiklar kuni”, “Salomatlik maydonchalari” hamda “Sog‘lom ovqatlanish yarmarkalari”ga mos ravishda har haftaning chorshanba, payshanba va juma kunlari tashkil etib boriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etilgan ushbu ommaviy tadbirlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va filiallari, respublika va viloyat tibbiyot muassasalari hamda hududlardagi hamkor tashkilotlar vakillari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari va kollejlar talabalari ishtirok etishdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan joriy yil mart oyi davomida, haftaning har shanbasida Yurish kuni, Yurish bo‘yicha marafon kuni, “Salomatlik sari qadam” kuni hamda Velosipedda sayr kuni kabi ommaviy tadbirlar mamlakatning barcha hududlarida o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
15:41 / 02.04.2022
Sog‘liqni saqlash vazirligi Chiroqchida sayyor qabul o‘tkazmoqda
07:27 / 02.04.2022
Chet el fuqarolariga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
08:01 / 29.03.2022
Aprelda olis hududlarda maxsus konteynerli 1 700 ta tibbiyot punkti tashkil etiladi
15:38 / 24.03.2022