Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook Afrika atrofida suv osti kabeli tortishni rejalashtirmoqda
Facebook kompaniyasi internetga keng polosa bo‘yicha ulanishga xarajatlarni kamaytirish va Afrika aholisining ijtimoiy tarmoqda osonroq ro‘yxatdan o‘ta olishini ta'minlash uchun Afrika atrofida suv osti kabeli tortmoqchi. Bu haqda xabardor manbalarga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, “Qirol sher” multfilmi qahramoni sharafiga “Simba” deb atalgan uch bosqichli loyiha “qora qit'a”ning sharqiy, g‘arbiy va O‘rta yer dengizi sohilbo‘yida joylashgan bir necha davlati orqali o‘tadi. Biroq hozircha uning aniq yo‘nalishi noma'lum.
Kompaniya vakili ushbu axborotga izoh berishdan bosh tortgan, biroq kompaniya “gap suv osti kabellari haqida borganda butun dunyoni ko‘rib chiqishini” ta'kidlab o‘tgan.
Ta'kidlanishicha, “Simba” Facebook’ning yuqori tezlikdagi internetni ta'minlash uchun suv osti optik-tolali aloqa liniyasini o‘tkazishga birinchi urinishi emas.
Manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, kompaniya vakillari hozirda loyiha bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdalar va tomonlar rejalashtirilgan natijaga kela olmasliklari ham mumkin.
Mavzuga oid
08:31 / 11.07.2026
Afrikada qit’adagi ilk megaaeroport qurilishi boshlandi
21:51 / 10.07.2026
Facebook va Instagram dizayni odamni «qaramlikka» olib kelishi aniqlandi
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026