Çad köli Afrikaning markaziy qismida, Çad, Nigeriya, Niger va Kamerun çegaralari tutaşgan hududda joylaşgan. 1960-yillarda uning maydoni 25 ming kvadrat kilometrni taşkil etgan bölsa, keyingi ön yilliklarda bu körsatkiç 90 foizga qisqarib, ayrim hisob-kitoblarga köra 1 350–2 000 kvadrat kilometrgaça tuşib ketgan.

Mutaxassislar bu holatni iqlim özgarişi, yoğingarçilik miqdorining kamayişi va suv iste’molining ortişi bilan izohlamoqda.

Bugungi kunda köl atrofida 40 millionga yaqin aholi yaşaydi. Ularning aksariyati baliqçilik va qişloq xöjaligi hisobidan tirikçilik qiladi. Suvning çekinişi esa minglab oilalarning yaşaş manbai yöqolişiga sabab bölgan.

Şu bois 1980-yillarda Italiyaning Bonifica kompaniyasi “Transakva” deb nomlangan ulkan loyihani işlab çiqqan. Unga köra, dunyoda suv oqimi böyiça Amazonkadan keyingi ikkinçi yirik daryo hisoblanuvçi Kongo daryosining ayrim irmoqlaridan suv olinib, 2 400 kilometrlik kanal orqali Çad köliga yönaltiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati taxminan 50 milliard dollarga baholangan. Uni sakkizta Afrika davlati hamda Xitoy qöllab-quvvatlamoqda.

Taşabbus mualliflari bu kanalni oddiy suv inşooti emas, balki butun mintaqaning iqtisodiy rivojlaniş “umurtqa poğonasi” sifatida köradi. Loyiha doirasida yuz minglab gektar yerlarni suğoriş, gidroenergetik obektlar quriş va dengizga çiqiş imkoniga ega bölmagan davlatlarni Atlantika okeani bilan boğlaydigan suv yölini yaratiş rejalaştirilgan.

Şuningdek, tarafdorlar suvning qaytişi iş örinlari yaratişi, qaşşoqlikni qisqartirişi va qurolli guruhlar faoliyati uçun qulay muhitni yöq qilişi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Biroq loyiha qator muammolarga duç kelmoqda. Eng asosiysi — Kongo Demokratik Respublikasining qarşiligi. Kanalning katta qismi aynan uşbu davlat va Markaziy Afrika Respublikasi hududidan ötişi kerak.

Kongo rasmiylari mamlakat aholisining katta qismi haligaça toza içimlik suviga ega emasligini ta’kidlab, öz suv resurslarini boşqa hududlarga yönaltiriş ğoyasiga ehtiyotkorlik bilan yondaşmoqda.

Bundan taşqari, ekologlar Kongo havzasidan suv olib ketiş dunyodagi eng boy bioxilmaxillikka ega ekotizimlardan biriga zarar yetkazişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.