Jahon | 08:31 / 07.04.2019
5610
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyadagi avtohalokatda 20 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Foto: AFOLABI SOTUNDE /Reuters

Nigeriya shimolidagi Katsina shtatida yuz bergan avtohalokatda kamida 20 kishi halok bo‘ldi va 38 kishi jarohat oldi. Bu haqda Nation mahalliy nashri xabar berdi

Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi 6 aprel ertalab Funtua shahri yaqinidagi yo‘lda yuz bergan. Yo‘lovchilar bilan me'yoridan ortiq yuklangan Mitsubishi avtobusi haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni eplay olmaganda ag‘darilib ketgan.

Yo‘lovchilardan ba'zilari voqea joyida jon bergan, jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid