Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bortida 317 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Tayvanda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
8 aprelda Hongkongning Cathay Dragon aviakompaniyasi samolyoti dvigateli tutashi sababli Tayvanda favqulodda qo‘nishiga to‘g‘ri keldi. Bu haqda orolning markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Bortida 317 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot Tayvanning Gaosyun shahridan Hongkongga reys amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay uning o‘ng dvigateli tutayotgani aniqlangan. Samolyot dengiz ustida yonilg‘ini to‘kib yuborib, yarim soatdan keyin jo‘nash aeroportiga qaytgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqeaga qushlar bilan to‘qnashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
21:28 / 10.04.2026