Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh bundan buyon ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishda davom etishini ma'lum qildi
AQSh moliya vazirligi Rossiyaga nisbatan sanksiyalar siyosati o‘zini oqladi deb hisoblaydi, Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishda davom etadi. Bu haqda AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin aytdi.
"Sanksiyalar – juda muhim qurol. Men ulardan Rossiyaga qarshi samarali foydalandik deb hisoblayman, biz Rossiyaning o‘zini tutishini o‘zgartirish uchun unga qarshi sanksiyalardan foydalanishda davom etamiz", - dedi u.
Avvalroq AQSh kongressiga Rossiyaga qarshi sanksiyalar to‘g‘risidagi yangi qonun loyihasi kiritilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026