Jahon | 18:08 / 09.04.2019
6361
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Yevropaning umumiy qiymati 11 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj to‘lovi joriy etadi

Foto: REUTERS/Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Donald Tramp YeI Airbus kompaniyasini subsidiya qilishni to‘xtatmasa, Yevropaning umumiy qiymati 11 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj to‘lovi joriy etishini ma'lum qildi.

"Jahon savdo tashkiloti Yevropa ittifoqining Airbus foydasiga subsidiya qilishi endilikda Yevropaning umumiy qiymati 11 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj to‘lovi joriy etadigan AQShga salbiy ta'sir qilgan deb hisoblamoqda! YeI ko‘p yillardan buyon savdoda Qo‘shma Shtatlardan foydalanib kelmoqda. Tez orada bunga chek qo‘yiladi", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Avvalroq AQSh savdo vakili Vashington YeI Airbus kompaniyasini subsidiya qilishni to‘xtatmasa, Yevropaning umumiy qiymati 11 mlrd dollarlik mahsulotlariga boj to‘lovi joriy etishni ko‘rib chiqayotganligini ma'lum qilgandi.  

Bojlar to‘rt davlat: Fransiya, Germaniya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga taalluqli bo‘lishi mumkin.

AQSh YeIning Airbus kompaniyasini subsidiya qilishi yiliga 11 milliard dollar zarar keltiradi deb hisoblamoqda. 

Airbus kompaniyasi AQShning yangi bojlari asossiz ekanligini va savdoda keskinlikka olib kelishi mumkinligini bildirdi. Yevrokomissiya vakili ehtimoliy bojlarga javob chorasi sifatida Boeing kompaniyasiga nisbatan boj kiritishi mumkinligini ma'lum qildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid