O‘zbekiston | 09:55 / 09.04.2019
2007
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston - Mo‘g‘uliston siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi

2019 yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. 

TIV xabariga ko‘ra, unda ishtirok etish uchun Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batmunx Batsetseg boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.

O‘zbekistonga tashrifi doirasida Mo‘g‘uliston delegatsiyasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan ham muzokaralar o‘tkazadi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid