Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh dollarini qalbakilashtirgan shaxslar qo‘lga tushdi - Bosh prokuratura
Foto: AP Photo/LM Otero
Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda bank tomonidan berilgan xabarga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.
Unda ATB «Agrobank» Oltiariq filiali valuta ayirboshlash shoxobchasiga fuqaro X.X. tomonidan almashtirish uchun taqdim etilgan 200 AQSh dollari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Tekshirish jarayonida fuqaro X.X.da qalbaki 50 dollarlik kupyuralardan iborat 100 dona, jami 5000 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan, shuningdek, X.X. ushbu qalbaki dollarlarni fuqaro X.T.dan olganligini ma'lum qilgan.
O‘tkazilgan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu qalbaki AQSh dollarlari kompyuter vositasida rangli printer yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:12
Aliment to‘lamaslik uchun xotini va qizini o‘ldirgan shaxs 19 yilga qamaldi
12:22 / 30.04.2026
Aprel oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?
22:05 / 27.04.2026
Prezident Marg‘ilondagi “Burhoniddin Marg‘inoniy” turizm majmuasi bilan tanishdi
18:37 / 27.04.2026